Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Albasete»ni yengib, yarim finalga chiqdi

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Albasete»ni yengib, yarim finalga chiqdi

“Barselona” mehmonda “Albasete”ni Ispaniya Kubogi chorak final uchrashuvida 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kataloniyaliklar safida gollarni Lamin Yamal (39-daqiqa) va Ronald Arauxo (56-daqiqa) kiritishdi. Mezbonlarning yagona javob goliga Xavi Moreno (87-daqiqa) mualliflik qildi.

Shunday qilib, “Barselona” Ispaniya Kubogining ilk yarim finalchisiga aylandi. Avvalgi bosqichda “Real”ni turnirdan chiqarib yuborgan “Albasete” esa musobaqa bilan xayrlashdi.

Ispaniya Kubogining qolgan yarim finalchilari “Alaves” — “Real Sosyedad”, “Valensiya” — “Atletik” va “Betis” — “Atletiko” juftliklari bahsidan so‘ng aniqlanadi.

Albasete - Barselona - 1:2

Gollar: Yamal, 39 (0:1). Arauxo, 56 (0:2). Moreno, 87 (1:2)

Albasete: Lisoayn, Dani Bernabeu (Jogo, 60), Neva (Valyexo, 32), Vilyar, Moreno, Lorenzo Aguado (Games, 73), Pacheko Ruis, Ale Melendez (Betankor, 61), Capi (Laso, 73), Puertas, Agus Medina

Barselona: X. Garsiya, Martin, E. Garsiya, Arauxo (Kunde, 78), Joau Kanselu (Kubarsi, 46), Bernal (Kasado, 66), de Yong, Reshford (Fermin Lopes, 66), Olmo, Yamal, Levandovski (Torres, 66)

Ogohlantirishlar: Dani Bernabeu, 25 - Joau Kanselu, 15

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!