Ispaniya Ichki ishlar vazirligi elektr ta’minotidagi muammolar tufayli mamlakatning aksariyat hududlarida e’lon qilingan favqulodda holatni bekor qilishga qaror qildi.
“Report”ning xabar berishicha , bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Unga ko‘ra, ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska seshanba kuni oltita avtonom hamjamiyat – Andalusiya, Valensiya, Galisiya, Kastiliya-La-Mancha, Mursiya va Rioxada milliy manfaatlar uchun favqulodda holat e’lon qilinishini bekor qilgan. Qaror yorug‘likning o‘chirilishi oqibatlarini bartaraf etish fonida qabul qilindi.
"Ekstremadura va Madridda rejim o‘z kuchida qoladi, chunki mintaqa hukumatlari bo‘shashtirishni so‘ramagan”, - deya qo‘shimcha qildi vazirlik.