Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ispaniya har yili 300 ming muhojirni qonuniylashtirish niyatida

Ispaniya har yili 300 ming muhojirni qonuniylashtirish niyatida

Ispaniya hukumati aholining qarishi sababli mamlakatdagi ishchi kuchi tanqisligini to‘ldirish uchun yiliga 300 ming nafargacha muhojirni qonuniylashtirish niyatida, dedi mamlakat ijtimoiy xavfsizlik va migrasiya vaziri Elma Saiz. «Ispaniyada ochiq, gullab-yashnagan mamlakat yoki yopiq, qashshoq mamlakat bo‘lish o‘rtasida tanlov bor. Biz avvalgisini tanladik», dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlar bilan bog‘liq siyosat uch yil davom etadi. Uning aniqlik kiritishicha, Ispaniya farovonlikni saqlab qolish uchun yiliga soliq to‘lay oladigan 250-300 ming xorijiy ishchiga muhtoj. Hukumat tomonidan yangi chora-tadbirlar muhojirlarga yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar berish tartib-taomillarini soddalashtirishni nazarda tutadi, bu esa chet ellik ishchilarga kafolatlangan mehnat huquqlarini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ish izlayotgan tashrif buyuruvchilar vizasini 3 oydan 12 oygacha uzaytirishi mumkin bo‘ladi. O‘qish vizasiga ega xorijliklarga haftasiga 30 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi. OAVning qayd etishicha, 48,9 million aholiga ega Ispaniya iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqida eng tez o‘sayotgan mamlakat hisoblanadi. Bu tendensiyaga Lotin Amerikasi davlatlaridan malakali migrantlar oqimi ham yordam bermoqda. Fitch Ratings Inc reyting agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda Ispaniyaga birdaniga oldingi o‘n yillikdagidan ko‘proq migrantlar kelgan.

Kiritildi: Bugun 02:00. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!