Ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi Donald Trampning mamlakatga nisbatan yaqinda bildirgan bayonotidan so‘ng diplomatik munosabatlar keskinlashgani fonida JCH-2026da ishtirok etmaslik variantini ko‘rib chiqmoqda.
Amerika siyosatchisi Madrid AQSh harbiy samolyotlariga Eron bilan bog‘liq mojaro doirasidagi operasiyalar uchun o‘z harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat bermaganidan keyin Ispaniya hukumatini keskin tanqid qildi. Tramp matbuot anjumanida Ispaniya "juda yomon yo‘l tutyapti" deb bayonot berib, ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini to‘xtatish bilan tahdid qildi. Shu bilan birga, u ispan xalqini hurmat qilishini ham ta’kidladi.
Manbalarga ko‘ra, Ispaniya futbol federasiyasi diplomatik keskinlik fonida turli variantlarni o‘rganmoqda, biroq hozircha Jahon chempionatida ishtirok etmaslik bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilinmagan.