Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniya Bosh vaziri keskin bayonot bilan chiqdi

Ispaniya Bosh vaziri keskin bayonot bilan chiqdi

Ispaniya YEIni G‘azo bo‘yicha javob berishga chaqirdi.

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Yevropa Ittifoqini Isroil bilan assosiasiya to‘g‘risidagi bitimni darhol to‘xtatib turishga chaqirdi va G‘azoda «genosid miqyosidagi falokatli vaziyat» yuz beryotganini ta’kidladi.

The Guardian nashriga ko‘ra, Sanches Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti oldidan Isroilga nisbatan keskin bayonot bilan chiqdi. U Tel-Aviv bilan savdo va siyosiy aloqalarni tartibga soluvchi assosiasiya bitimini to‘xtatishni talab qildi.

Sanches YEIning inson huquqlari bo‘yicha tashqi siyosat xizmati tayyorlagan so‘nggi hisobotga tayanadi. Unda G‘azodagi vaziyat «genosid darajasidagi falokat» sifatida baholangan. Hisobotda tinch aholi orasida katta yo‘qotishlar, gumanitar yordam bloklanishi, jurnalistlarga hujumlar va keng ko‘lamli vayronagarchilik qayd etilgan. Shuningdek, Isroil YEI bilan bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzgani ta’kidlangan.

Sanches YEI «bitimni darhol to‘xtatishi kerak»ligini aytdi, chunki Isroil «o‘ta ravshan tarzda» o‘z majburiyatlarini bajarmayapti, dedi u.

U qo‘shimcha qildi: «Ikkiyuzlamachi siyosatga o‘rin yo‘q. Agar YEI Rossiyaga qarshi Ukrainaga bostirib kirgani uchun 18 marta sanksiya joriy qilgan bo‘lsa, nega Isroilga nisbatan bitimni to‘xtatishga ham tayyor emas?»

Eslatib o‘tamiz, may oyida Sanches Isroilni «genosid amalga oshirayotgan davlat» deb ataganidan so‘ng, Isroil Ispaniya elchisini chaqirib, nota topshirgan edi.

Shu bilan birga, YEIda bitimni to‘xtatish ehtimoli juda kam. Germaniya kansleri Fridrix Mers va Italiya kabi davlatlar bu tashabbusga qarshi chiqmoqda. Ular bugungi vaziyatda Isroil bilan aloqalarni uzish mumkin emas, degan pozisiyada.

Kiritildi: 08:08 27.06.2025. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!