AQShning Tehronga hozirgi qarama-qarshilikni hal qilish uchun qo‘ygan talablari mantiqsiz va har qanday murosaga kelishga imkon bermaydi.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayi ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar tomonidan ilgari surilgan talablar mantiqsiz va murosaga o‘rin qoldirmaydi", deb ta’kidladi Bag‘ayi.
U shuningdek, Eron tomoni haqiqatan ham "vositachilar orqali [AQShdan] xabarlar olganini" tasdiqladi, ammo Bag‘ayining ishontirganidek, "Qo‘shma Shtatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘q".