Erondagi hozirgi qurolli mojaro BMT uchun "oxirning boshlanishi" bo‘ladi.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bag‘ayi Iroqning " Al-Ahad" telekanaliga ma’lum qildi.
"Eronga qarshi urush BMT uchun global miqyosda oxirning boshlanishidir, chunki bu tashkilot mamlakatimizga qarshi tajovuzga qarshi to‘g‘ri pozisiyani egallay olmadi", deb ta’kidladi Bag‘ayi.