Pokiston poytaxti Islomoboddagi sud binosida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy polisiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyga favqulodda xizmatlar yetkazilgan, jabrlanuvchilar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Xavfsizlik kuchlari hududni to‘liq o‘rab olgan. Polisiyaning dastlabki bayonotiga ko‘ra, portlash sabablari hozircha aniqlanmoqda.
Samaa TV telekanali ma’lumotiga ko‘ra, portlash sud binosi yaqinida to‘xtab turgan avtomobilda sodir bo‘lgan.
Shu bilan birga, Geo TV manbalari bu hodisani hudkush terrorchi amalga oshirganini ma’lum qilgan.
Hukumat va huquq-tartibot organlari voqea bo‘yicha tergov harakatlarini boshladi.