Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Islomobod va Kobul o‘rtasidagi muzokaralar natija bermadi

Islomobod va Kobul o‘rtasidagi muzokaralar natija bermadi

Pokiston va Afg‘oniston rasmiylari o‘rtasida chegaradagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha so‘nggi muzokaralar yana natija bermadi.

Bu haqda Dawn nashri xabar berdi.

Saudiya Arabistoni vositachiligida 30 noyabr kuni Ar-Riyodda Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishda muvaffaqiyatga erisha olmadi. Tomonlar hech qanday moslashuvchanlik ko‘rsatmadi va transchegaraviy terrorizm masalasida murosa qilishdan bosh tortdi. Muzokaralar chog‘ida Pokiston Saudiya Arabistonining Afg‘oniston bilan chegara savdosini tiklash taklifini rad etdi, deb yozadi nashr.

Pokistonning Afg‘oniston bilan savdo aloqalarining istiqbollari bo‘yicha pozisiyasini tushuntirar ekan, Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar Islomobod yaqin orada mamlakatga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishga ruxsat berishi mumkinligini, biroq faqat BMT iltimosiga ko‘ra ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Islomobod Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga ijobiy yondashganiga qaramay, Kobul afg‘on zaminida harakat qilayotgan va Pokistonga hujum qilayotgan terrorchilarga qarshi hech qanday chora ko‘rmayapti”.

2025 yil oktyabr oyida Pokiston-Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, bu 2021 yilda Kobulda Tolibon harakati hokimiyat tepasiga kelganidan beri eng qonli to‘qnashuv bo‘ldi. Ular Pokiston chegara postlariga qilingan hujumlardan so‘ng boshlandi, bunga Pokiston Harbiy-havo kuchlari javoban Afg‘onistondagi “Fitna al-Xavorij” terrorchilik bazalariga zarba berdi. Afg‘oniston hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari Hamdulloh Fitrat 12 kishi halok bo‘lgani va 100 dan ortiq yaralanganini ma’lum qildi. Qatar va Saudiya Arabistoni vositachiligida mojaro tomonlari o‘sha oyning o‘zida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar va u amalda qolmoqda.

Kiritildi: 09:00 02.12.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!