Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

"Islomni qabul qilish hayotimdagi eng yaxshi qaror bo‘ldi"

"Islomni qabul qilish hayotimdagi eng yaxshi qaror bo‘ldi"

Shotlandiyalik ayol o‘zi qanday qilib Islomni qabul qilgani va jamiyatning noto‘g‘ri munosabatini o‘zida his qilganligi haqida gapirib berdi.

Don ismli shotlandiyalik ayol nasroniy oilasida tug‘ilgan va bolaligida Glazgo shahridagi yakshanba maktabiga qatnab, Injilni o‘rganib chiqqan. Otasi vafotidan so‘ng qiz o‘zining ma’naviy aqidalari haqida o‘ylab qoldi.

"Universitetda o‘qish yillarimda men Glazgo shahridagi ikki pokistonlik aka-uka tomonidan boshqariladigan bir hind restoranida qo‘shimcha ishga joylashib oldim. Men suhbat chog‘ida avval eshitmagan Islom haqida ilk bor gap ochdim", - deya eslaydi Don.

Don aka-ukalardan Islom haqida ko‘p narsalarni so‘rab-surishtirib oldi, din haqidagi kitoblarni sotib oldi va Islom uning dunyoqarashini to‘la aks ettirishini anglab yetdi.

26 yoshida qiz musulmon bo‘ldi, deya xabar bermoqda IslamNews Daily Recordga tayanib. Hozir u 38 yoshda, u buxgalter bo‘lib ishlaydi va ikki farzandini tarbiyalab voyaga yetkazmoqda.

"Islomni qabul qilganimdan keyin juda xursand bo‘ldim. Ramazon keldi, men ilk bor ro‘za tutib, Hayit bayramini nishonladim".

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Kiritildi: 05:00 02.02.2021. O'qildi: 5489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!