Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Islomiy jihod" delegasiyasi G‘azo bo‘yicha muzokaralar uchun Dohaga keladi

"Islomiy jihod" delegasiyasi G‘azo bo‘yicha muzokaralar uchun Dohaga keladi

Falastinning "Islomiy jihod" harakati vakillari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun seshanba kuni kechqurun Qatar poytaxtiga keladi.

Tegishli bayonot harakatning rasmiy "Telegram" kanalida e’lon qilingan.

"Islomiy jihodning yuqori martabali delegasiyasi bugun kechqurun Dohaga kelib, sulh bitimining yakuniy tafsilotlarini muhokama qiladi”, — deyiladi hujjatda. Delegasiya tarkibi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Dohada G‘azo bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Qatar Tashqi ishlar vazirligi va Falastinning “Islomiy jihod” ittifoqchisi Xamas harakati vakili deyarli bir vaqtda maslahatlashuvlar yakuniy bosqichga kirganini ma’lum qildi.

Dohadagi joriy raund yakunlangach, muzokarachilar Qohirada yana bir qancha uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:13 14.01.2025. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!