Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Islombek To‘laganov kollejdagi o‘qishini davom ettirmoqda

Islombek To‘laganov kollejdagi o‘qishini davom ettirmoqda

Toshkent tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdor deb topilib, sud qaroriga binoan ozodlikdan mahrum etilgan, keyinchalik jazo muddatini o‘tash vaqtida koloniyadagi rejimni buzmagani va mehnatga vijdonan yondashgani tufayli muddatidan ilgari ozod etilgan Islom To‘laganov ayni paytda Olmazor tumanidagi tibbiyot kollejida o‘qimoqda, deb xabar berdi «Kun.uz».

«Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar» mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, unga nisbatan jazo muddati tugatilib, faqat axloq tuzatish ishlari bo‘yicha qo‘shimcha jazo muddati belgilangan.

«2019 yilning 1 yanvarida IIV tizimida Probasiya xizmati tashkil etilgan. Mazkur xizmat ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan shaxslar bilan ishlaydi. Probasiya xizmati o‘z hisobidagi shaxslarning nazorati uchun to‘liq javobgardir. To‘laganov masalasiga kelsak, unga nisbatan majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan. Uning zimmasidagi majburiyatini bajarishi yashash joyidagi probasiya xizmati, mahalla fuqarolar yig‘ini, profilaktika inspektori tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Bundan maqsad u bilan avval sodir bo‘lgan hodisa takrorlanishining oldini olishdan iborat», — deydi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Davron Azizov.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 2017 yil 30 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, Islombek To‘laganov Jasurbek Ibrohimovning hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan deb topilgan hamda unga JKning 85-moddasi tartibida 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

2019 yilning aprel oyida Islombek To‘laganov jazosining o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlariga almashtirildi. Keyinroq uning ozodlikka chiqarilgani haqida xabar berildi.

Kiritildi: 15:15 06.12.2019. O'qildi: 2262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!