Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Afsonaviy bokschi Muhammad Alining uyi sotuvga qo‘yildi

Afsonaviy bokschi Muhammad Alining uyi sotuvga qo‘yildi

Afsonaviy bokschi Muhammad Alining uyi AQShda kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Ko‘chmas mulk Los-Anjelesning mashhur Xankok Park mahallasida joylashgan.

Uyni sotish bo‘yicha onlayn savdolar 26 aprelda boshlangan va 15 mayda yakunlanadi. Boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil etadi.

Bokschi 1979 yildan 1984 yilgacha yashagan ushbu uy arxitektor Jon Ostin tomonidan qurilgan. 60 gektar maydonda joylashgan uy deyarli ming kvadrat metrni egallaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bokschining uyiga Gollivud yulduzlari va hatto AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ham tashrif buyurgan.

Kiritildi: 22:41 05.05.2024. O'qildi: 1853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!