Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Islom Karimovning Asaka zavodini koreyslarga qanday sotgani ma’lum qilindi

Islom Karimovning Asaka zavodini koreyslarga qanday sotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov O‘zA bilan suhbatda Islom Karimov Asakadagi prisep zavodini Janubiy Koreyaning Daewoo shirkatiga qanday sotgani haqida gapirib berdi.

Rajabovning aytishicha, uning o‘zi tayyor zavodning koreyslarga sotilishiga qarshi bo‘lgan va Asakadagi bo‘sh yerda yangi zavod qurishni taklif qilgan, deb yozadi "sof.uz"

«O‘shanda men hukumat raisi o‘rinbosari edim. Asakadagi hozirgi avtomobil zavodi o‘rnida traktorlarga prisep ishlab chiqaradigan korxona bo‘lardi. Ittifoqo prezident Koreyaga bordi. U erdan turib menga „Sening Asakadagi prisep zavodingni koreyslarga sotdim“, deya telefon qildi. Vaholanki, zavodning o‘zi binoyidek ishlab turgan edi. Prisep chiqarishning ham mashaqqatlari oz emas, chunki oddiy mashina to‘rtta odamni tashisa, u yuk tashiydi: tormozlari, g‘ildiraklari, disklari mustahkam bo‘lishi kerak. Men u kishiga, „Avtomobil zavodi kerak bo‘lsa, ishlab turgan zavod orqasidan 45 gektar yer ajrataylik, yangidan qurishsin“, dedim. Lekin o‘zingiz bilasiz, davlat rahbari „Men va’da qildim“ deb turgach, uning qaroriga qarshi chiqib bo‘lmaydi», — deydi Rahim Rajabov.

1997 yilda hukumatni tark etgan sobiq mulozim o‘sha paytlarda prezident atrofida davlatga vijdonan xizmat qilaman, degan odamlar kamayib, noma’qul odamlar ko‘payib, hammasi bir «mafiya» bo‘lib qolganini bildirdi.

«Mundoq o‘ylasangiz, prezidentni yomon deydigan odam men bo‘lishim kerak edi. O‘sha paytda, „Sen bilan ishlamayman“ deya ketganimcha — o‘ttiz yildan buyon haliyam ishlamayman. Hech kimning „odami“ ham bo‘lmaganman», — deydi u.

Kiritildi: 17:26 23.05.2019. O'qildi: 9838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!