Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Islom Karimov payg‘ambarni tush ko‘rganmidi?

Islom Karimov payg‘ambarni tush ko‘rganmidi?
Yaqinda Birinchi Prezidenti­miz mangu qo‘nim topgan Hazrat Xizr masjidini ziyorat qildik. Sukunatga cho‘mgan maqbara qoshida ko‘nglimdan turfa o‘ylar o‘tdi.

Islom Karimov haqiqatan buyuk Yo‘lboshchi edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan bugungi kungacha o‘tgan kechmishga guvoh avlod buni yaxshi anglaydi. Prezident bilan bevosita suhbatlashish imkoniga ega bo‘lganlar u kishini qat’iyatli, dono inson sifa­tida xotirlashadi. Maqbaradagi muhit ham bu yerda qo‘nim topgan insonning shaxsidan darak berib turgandek.

Hazrat Xizr majmuasining xodim­lari bilan suhbatlashdim. Ulardan biri qiziq voqeani so‘zlab berdi.

2005 yili Islom Karimov Xizr alayhissalomni tush ko‘rgan ekan. Payg‘ambar unga “Uyim qulab tushishi mumkin, ustunlari eskirib qolibdi”, deydi. Prezident o‘yga toladi. Birdan xotirasiga bolaligi o‘tgan Afrosiyob tepaliklari keladi.

Olti-etti yoshlarida tepalik bag‘ridagi eski binoni ko‘rsatib, bu qanday joy, deb so‘raganida, kattalar(ehtimol, onalari bo‘lsa kerak) “Xizr payg‘ambarning uylari”, deb javob qilgan ekan.

– Prezident o‘sha kuniyoq masjidi­mizga keldi, – dedi majmua xodimi. – Ustunlar juda eskirib, yaroqsiz bo‘lib qolgandi. U kishining topshiriqlari bilan bino qisqa fursatda ta’mir­landi.

Buyuk insonlar o‘z taqdirini av­valdan sezadi, deganlari rost. Oradan o‘n yil o‘tib, millat otasi ana shu mas­jid hovlisiga dafn etildi.

Maqbaradan chiqarkanmiz, ziyoratga kelayotgan odamlar oqimi e’tiborim­ni tortdi. Ularning orasida turfa millat, din vakillarini uchratish mumkin edi...

Kiritildi: 12:36 13.02.2020. O'qildi: 13251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!