Islandiyaning Reykyanes yarim orolida vulqon otilib, hokimiyat Grindavik shahri va mashhur Blyu-Lagun geotermal kurort majmuasini evakuasiya qilishga qaror qildi.
Bu haqda Islandiyaning RUV teleradiokompaniyasi ma’lum qildi.
"Otilish Sundxnuksgigar kraterlari hududida sodir bo‘lgan" - deyiladi xabarda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon otilishi 20 noyabr kuni soat 23:24 da boshlangan.
Qayd etilganidek, fuqarolik mudofaasi xizmati vulqon otilishi sababli favqulodda holat e’lon qilgan.