Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Islam Maxachevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Islam Maxachevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Engil vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Islam Maxachevning keyingi himoya jangi bo‘yicha tafsilotlar aniq bo‘ldi.

U 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC turniri doirasida oktagonga chiqadi. O‘sha kuni Islam Maxachevga Armaniston vakili, reytingning birinchi pog‘onasidagi da’vogar Arman Sarukyan raqiblik qiladi. Bu haqda bir qancha xorij OAVlari xabar bermoqda.

Bu har ikki sportchi uchun o‘zaro ikkinchi jang bo‘ladi. Ular o‘rtasida 2019 yilda o‘tkazilgan ilk to‘qnashuvda Maxachev ochkolar hisobiga o‘z g‘alabasini tantana qilgan edi.

Kiritildi: 22:10 24.06.2024. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!