Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi

2025/2026 yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil noyabr oyida 1 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Yordamni quyidagilar oladi:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar;
  • “Kambag‘al oilalar reestri”dagi oilalar;
  • “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan oilalar.

Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar ustuvor tartibda kiritiladi:

  • boquvchisini yo‘qotgan;
  • I yoki II guruh nogironi bo‘lgan a’zosi bor;
  • nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan;
  • isitish tizimi mavjud bo‘lmagan ko‘p qavatli uylarda yashovchi;
  • 3 va undan ortiq oila bir xonadonda yashovchi;
  • og‘ir xastalikka chalingan bemorni parvarishlayotgan;
  • yolg‘iz keksa yoki nogironligi bor fuqarolar.

Agar siz shunday toifaga mansub bo‘lsangiz, joriy yil 25-sentyabrga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qiling.

Kiritildi: 14:39 11.09.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!