Bugungi kunda davlat tashkilotlarida 62 053 nafar, nodavlat sektorda 48 661 nafar talaba o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamoqda.
"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan talabalar soni 114 662 nafarni tashkil etmoqda (o‘tgan oyga nisbatan 423 nafar ko‘p).
Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Shundan:
▪️Davlat tashkilotlarida – 62 053 nafar (54,1 foiz);
▪️Nodavlat sektorda – 48 661 nafar (42,4 foiz);
▪️Ikkala sektorda – 3 948 nafar (3,5 foiz);
▪️Erkaklar - 67 373 nafar (58,8 foiz);
▪️Ayollar - 47 289 nafar (41,2 foiz).
Hududlar kesimida TOP-5:
▪️Toshkent shahri - 36 115 nafar (31,5 foiz);
▪️Samarqand viloyati - 9 866 nafar (8,6 foiz);
▪️Farg‘ona viloyati - 9 751 nafar (8,5 foiz);
▪️Toshkent viloyati - 8 964 nafar (7,8 foiz);
▪️Qashqadaryo viloyati - 8 279 nafar (7,2 foiz).