Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda shoir Mansur Jumayev o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Toshkentda shoir Mansur Jumayev o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi

Kuni kecha Mansur Jumayev 2024 yilning 5 noyabr kuni Toshkentdagi ëzuvchilar uyushmasi bergan o‘z uyida¸ o‘zi ijod qiladigan xonada osilgan xolatda topilganligi xaqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan UzNews.uz'ning so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 noyabr taxminan soat 07:30 atrofida fuqaro Mansur Jumayev o‘z yashash uyida o‘zini osib vafot etgan. Ushbu holatni aniqlagan turmush o‘rtog‘i tez tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Holatga nisbatan birlamchi tashxisga ko‘ra, u "bo‘yin sohasida strangulyasion chizig‘i mavjud, yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi" oqibatida vafot etgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:42 06.11.2024. O'qildi: 12635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!