Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ishchilar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Ishchilar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

“O‘zmetkombinat” AJ 330 gektardan ortiq maydonni egallaydi. Korxona avto yo‘l uzunligi 12 kilometr masofa bo‘lgani uchun ishchilarning bir sexdan ikkinchisiga yoki ishga o‘z vaqtida yetib kelishida qiyinchiliklar bo‘lar edi. Endi esa bu muammo o‘z yechimini topdi. Korxona rahbariyati ishchi-xodimlar uchun bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

Kun davomida avtobuslar 14 ta qatnovni amalga oshiradi. Har 15 daqiqada qatnov ta’minlanadi. Ishchi oqimi ko‘paygan vaqtlarda qo‘shimcha reyslar ham yo‘lga chiqariladi. Smena almashinuvida esa avtobuslar yanada tez-tez qatnaydi.

Yangi tizim tufayli 9 mingga yaqin metallurg endi ish joyiga o‘z vaqtida, xavfsiz va qulay yetib keladi. Avtobus yo‘nalishlari kirish-chiqish darvozalarini, sexlarni, ma’muriy binolarni, oshxonalarni va tibbiyot punktlarini o‘zaro bog‘laydi. Harakat jarayoni dispetcher markazi orqali nazorat qilinadi. Jadvaldagi barcha o‘zgarishlar xodimlarga korporativ kanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tezkor yetkaziladi.

Korxonada xavfsizlik birinchi o‘rinda turadi. Avtobuslar muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Haydovchilar uchun yo‘l harakati qoidalari va favqulodda holatlarda harakat qilish bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Hudud ichidagi piyodalar yo‘llari, belgilash va yoritish tizimi ham yangilanmoqda.

“Ish jarayonida kombinat hududi bo‘ylab harakatlanishda uzilishlar bor edi. Ya’ni transport yo‘qligi sababli bir tarkibiy bo‘limmadan boshqasiga borishda o‘rtacha yarim soat, hatto bir soatlab piyoda harakatlanishga to‘g‘ri kelardi. Tabiiyki, bu ish samaradorligiga ham, kayfiyatga ham ta’sir qiladi. Endi esa erkaklar ham, ayollar ham ishga ham uyga ham ancha tezroq yetib kela oladi. Yo‘ldagi charchoq yo‘qoladi, ishga ham zavq bilan kirishishadi deb o‘ylayman", deydi “O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisi Bahodir Abdullayev.

Kiritildi: 14:56 16.09.2025. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!