Yaponiya hukumati 21,9 trillion iyena (joriy kurs bo‘yicha 141,2 milliard dollar) miqdoridagi iqtisodiy rag‘batlantirish paketini qabul qilmoqchi, uning katta qismi subsidiyalar va ish haqini oshirishga yo‘naltiriladi.
Bu haqda Yaponiyaning NHK jamoat televideniyesi ma’lum qildi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin orada yangi iqtisodiy chora-tadbirlar to‘plami rasman e’lon qilinadi. Bu, xususan, mahalliy aholiga elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlarni to‘lash uchun subsidiyalarni o‘z ichiga oladi. Tegishli mablag‘larni ajratish uchun hokimiyat joriy moliya yili uchun qo‘shimcha byudjetni zudlik bilan qabul qilmoqchi.
So‘nggi yillarda xomashyo va energiya narxlarining oshishi fonida Yaponiya hukumati milliy iqtisodiyot va mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini bosqichma-bosqich kengaytirmoqda. Avvalo, gap elektr energiyasi uchun to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq subsidiyalar haqida ketmoqda. 2023 yilda ular uchun 39 trillion iyen (266 milliard dollardan ortiq) ajratilgan.