«O‘zgidromet» 6-10 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat foni iqlim me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi. Harorat kechalari 8-13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida 20-25 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib 23-28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 30-32 darajagacha ko‘tariladi.
10 oktyabr, juma kuni respublika shimolida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
Hafta davomida kechalari 9-12 daraja, kunduz kunlari 23-26 daraja atrofida bo‘ladi.