Iroqda taniqli futbol yulduzi Krishtianu Ronalduga o‘xshash kishi topildi.
25 yoshli Bivar Abdulla o‘zining Iroq shimolida joylashgan Soran shahrida juda mashhur bo‘ldi. Ko‘chalarda odamlar uni to‘xtatib, suratga tushmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat har kuni 3-4 marta sodir bo‘lmoqda.
Ko‘pchilik men Krishtianu Ronalduga o‘xshash ekanligimni aytishadi, men kurdman. O‘xshashligim uchun internetdagi sahifamda kuzatuvchilar ko‘paydi , - deydi Abdulla.
Abdulla Bivar qurilishda ishlaydi. Bo‘sh vaqtida do‘stlari bilan futbol o‘ynaydi. Ronalduning muxlisi bo‘lgani uchun futbol yulduzi bilan uchrashishni orzu qiladi.