Iroq bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy 20-21 noyabr kunlari so‘nggi 37 yil ichida birinchi marta o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish yakunlari haqida bayonot berdi, deya xabar qimldi Iroqning rasmiy INA xabar agentligi.
"Iroq aholisi 45 milliondan oshdi”, - deya ma’lum qildi Sudaniy. Uning aytishicha, shahar aholisi 70,3 foiz, qishloq aholisi esa 29,7 foizni tashkili etmoqda.
Iroqdagi oilalar soni 7 million 898 ming 588 taga yetgani ta’kidlandi.
"Oilalarning o‘rtacha soni 5,3 kishini tashkil etadi. Erkaklar soni 22 million 784 ming 62 nafarga yoki 50,1 foizga, ayollar soni esa 22 million 623 ming 833 nafarga yoki 49,8 foizga yetdi. 15 yoshdan kichik bo‘lganlar soni aholining 36,1 foizini tashkil etmoqda. 15-64 yoshdagi mehnatga layoqatli aholi 60,2 foiz. 65 yoshdan oshganlar 3,7 foiz", - deya ma’lum qildi Sudaniy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda tug‘ilish koeffisiyenti 2,3 promilleni tashkil etmoqda. Bu - tug‘ish yoshidagi har 100 ayolga 230 nafar bola to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Sudani shuningdek, mamlakatda oxirgi umumiy aholi ro‘yxati 1987 yilda o‘tkazilganiga va 1997 yilgi aholi ro‘yxatiga Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati (KRG) kirmaganiga e’tibor qaratdi.
Iraq Body Count Amerika-Britaniya nodavlat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning Iroq ishg‘olini boshlagan 2003 yildan 2007 yil dekabrigacha mamlakatda 128 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘lgan. Opinion Research Business hisob-kitoblariga ko‘ra esa 946 mingdan 1 mln 120 ming nafargacha iroqlik halok bo‘lgan.