Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Iroq parlament saylovlariga AQSh aralashyaptimi?

Iroq parlament saylovlariga AQSh aralashyaptimi?

Iroq Tashqi ishlar vazirligi Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Begaiyning AQShning mamlakatdagi parlament saylovlariga "da’vo qilingan" aralashuvi haqidagi bayonotini qoraladi.

Bu haqda Iroq vazirligi bayonotiga asoslanib, Shafaq axborot agentligi xabar berdi.

"Ushbu bayonot provokasiondir va Iroqning ichki ishlariga aniq va qabul qilib bo‘lmaydigan aralashish hisoblanadi, chunki saylov jarayoni faqat Iroq xalqi va uning konstitusiyaviy institutlari irodasiga bog‘liq bo‘lgan sof milliy masala", - deya ta’kidladi vazirlik.

Iroq Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Bag‘dod o‘z qo‘shnilari bilan muvozanatli munosabatlarni saqlab turishini ta’kidlab, bu yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari davlatlarning suverenitetini o‘zaro hurmat qilish va ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga qat’iy rioya qilishni hamda ushbu tamoyillarni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday bayonot yoki pozisiyalardan qochishni talab qilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 9 noyabr kuni Iroqda parlament saylovlari doirasida maxsus ovoz berish jarayoni boshlandi, unda xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirok etdi; umumiy ovoz berish 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:10 11.11.2025. O'qildi: 1074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!