Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Iroq — JCH-2026 ishtirokchisi! Qit’alararo pley-offda Boliviya mag‘lub etildi

Iroq — JCH-2026 ishtirokchisi! Qit’alararo pley-offda Boliviya mag‘lub etildi

Iroq va Boliviya milliy terma jamoalari o‘rtasida qit’alararo final pley-off uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda osiyoliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning 10-daqiqasida Ali Al-Hamadi gol urib, Iroqni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusga yetti daqiqa qolganda Moyses Paniaguaning sa’y-harakatlari bilan boliviyaliklar muvozanatni tiklashdi. Biroq 53-daqiqada Aymen Husseyn Osiyo vakillarining ikkinchi golini urdi. Janubiy amerikaliklar har qancha harakat qilishmasin, hisobni ikkinchi bor tenglashtira olishmadi va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘ldan chiqarishdi.

Endi Iroq terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Fransiya, Senegal va Norvegiya bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyunda boshlanib, 19 iyulga qadar davom etadi. Turnirda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi va o‘yinlar uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:40 01.04.2026. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!