Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Iroq AQSh sanksiyalari tufayli "Lukoyl"ga neft yetkazib berishni bekor qildi

Iroq AQSh sanksiyalari tufayli "Lukoyl"ga neft yetkazib berishni bekor qildi

Iroqning davlatga qarashli SOMO noyabr oyida Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasiga uch partiya xom neft yetkazib berishni bekor qildi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlikning qayd etishicha, bunga AQShning Rossiyaning yirik neft kompaniyalari, jumladan, "Lukoyl"ga qarshi sanksiyalari sabab bo‘lgan. Bekor qilish "Lukoyl" 75% ulushga ega bo‘lgan Iroqdagi G‘arbiy Kurna-2 konidan neft tashish bilan bog‘liq.

Etkazib berish 11, 18 va 26 noyabr kunlariga belgilangan edi.

O‘tgan oy kompaniya global tovar savdogar Gunvordan o‘zining xalqaro aktivlarini sotib olish taklifini qabul qilganini e’lon qildi. Gunvor bosh direktori Torbyorn Tornkvist Financial Times gazetasiga bergan intervyusida "Lukoyl"ning butun dunyo bo‘ylab muammolari haqida gapirgandi.

"Lukoyl"ning butun xalqaro operasiyalari falaj bo‘lib qolgan. Ular bilan hech kim hamkorlik qila olmaydi. Ko‘plab ish o‘rinlari xavf ostida, neftni qayta ishlash quvvati jiddiy ravishda buzilishi mumkin", degandi u gazetaga.

Eslatib o‘tamiz, 23 oktyabr kuni AQSh moliya vazirligi Rossiyaning "Rosneft" va "Lukoyl" neft kompaniyalariga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 09:00 05.11.2025. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!