Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Irlandiyalik fuqaro lotoreyadan 250 million yevro yutib oldi

Irlandiyalik fuqaro lotoreyadan 250 million yevro yutib oldi

Irlandiyalik chipta egasi EuroMillions lotereyasida 250 million yevro yutib oldi.

Bu haqda mamlakatda turli o‘yinlar o‘tkazuvchi Irlandiya milliy lotereyasi bayonotida aytilgan.

"EuroMillions jekpoti Irlandiyada 250 million yevro yutib olindi", — deyiladi xabarda. "Biz o‘yinchilarimizga chiptalarini tekshirishni va agar ular yutib olgan bo‘lsa, chiptaning orqa tomoniga imzo qo‘yishni, uni xavfsiz saqlashni va Milliy lotereya bosh ofisiga murojaat qilishni maslahat beramiz" - dedi uning rahbari Kian Merfi.

Gap EuroMillionsda yutish mumkin bo‘lgan eng katta summa haqida bormoqda - maksimal jekpot 250 million yevro qilib belgilangan. Noma’lum chipta egasi lotereyaning barcha yettita raqamini, jumladan ikkita baxtli yulduz raqamini taxmin qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 10:40 18.06.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!