Jafar Irismetovning fikricha, Abbos Fayzulayev Yevropada o‘ynashga tayyor.
SSKAning 21 yoshli yarim himoyachisi ketma-ket ikkinchi yil O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Abbos ikki yildan beri o‘z saviyasida o‘ynamoqda, mukofotga munosib. “Lans”da o‘ynayotgan Abduqodir Xusanov ham bor. Bu mukofotni birdaniga ikki kishiga berish mumkin emasligi achinarli.
Hujumkor o‘yinchilar bunday e’tirofga ko‘proq ega bo‘lishlari aniq. Ularning ikkalasi ham yosh, shuning uchun yaqin yillarda ular mamlakatning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun o‘zaro raqobatlashadi.
Abbosga kelsak, u allaqachon SSKAdagi natijalarga ta’sir o‘tkazmoqda, g‘alabalarga katta hissa qo‘shmoqda, ayniqsa, jamoa yaxshi o‘ynamasa. Yevropani zabt etish vaqti keldi. Rossiyada u allaqachon hamma narsani isbotlagan.
Balki men unga yana bir yil Rossiyada qolishni maslahat bergan bo‘lardim, ammo muammo bor – yevrokuboklar yo‘qligi. Bu uning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun vaziyatni o‘zgartirib, xalqaro maydonda chiqish imkoniyati bo‘ladigan joyga borishga arziydi", - dedi "Spartak"ning sobiq hujumchisi.