Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bosh mutaxassisi 1992 yilda tug‘ilgan J.R. mahalliy fuqaroga Kattaqo‘rg‘on shahrida qurilayotgan yangi 12 qavatli uylardan 3 xonali xonadonni davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya hisobida sotib olishi uchun uni bazaviy ro‘yxatga qo‘shishi va subsidiya ajratib berishi evaziga 1200 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, J.R.ga nisbatan o‘tkazilgan shaxsiy tintuv vaqtida uning yonidan taxminan 5-10 gr. miqdordagi “Marixuanna” giyohvandlik vositasi, 300 AQSh dollari pul mablag‘i hamda giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama topilgan.

Ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:22 28.03.2022. O'qildi: 3012 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!