Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish choralari kuchaytirilmoqda

Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish choralari kuchaytirilmoqda

Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonning ekologik barqarorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois tizimli va ilmiy asoslangan yechimlar talab etilmoqda. “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida salbiy oqibatlarni kamaytirish, hududlarni yangi sharoitlarga moslashtirish va tabiiy ekotizimlarni himoya qilishga qaratilgan choralar amalga oshirilmoqda.

• Hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ayniqsa Orolbo‘yi mintaqasida faol olib borilmoqda. Joriy yilda 150,7 ming gektar maydon qamrab olindi, shundan 145,2 ming gektari Orol dengizi qurig‘i va unga qo‘shni hududlarga to‘g‘ri keladi. Qolgan 5,5 ming gektar maydon respublikadagi boshqa hududlarda ko‘kalamzorlashtirildi.

• Ilmiy asos mustahkamlanmoqda. Xitoy va Markaziy Osiyo institutlari bilan hamkorlikda ekologik jarayonlarni o‘rganish va moslashuv yechimlarini ishlab chiqish markazlari tashkil etildi.

• Innovasion texnologiyalarga e’tibor qaratilmoqda. Milliy markaz Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda sun’iy yog‘ingarchilikni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdi. Loyihalar hozirda iqtisodiy samaradorlik va qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha tahlil qilinmoqda.

• Manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda havo ifloslanishi, qurg‘oqchilik va suv resurslarini boshqarishni yaxshilashga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqildi.

Bu choralar mamlakatda ekologik muammolarni kamaytirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va innovasiyalarni joriy etishga qaratilgan kompleks iqlim siyosatiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!