Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashmaslik — xalqaro huquqni buzishdir

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashmaslik — xalqaro huquqni buzishdir

Gaagadagi Xalqaro sud (XS) chorshanba kuni taqdim etgan iqlim bo‘yicha hisobotida iqlim o‘zgarishi “yashashga tahdid soluvchi xavf” deb ataldi. Shu sababli, Sud fikriga ko‘ra, bu muammoga qarshi kurashish sayyoradagi barcha davlatlar uchun majburiy hisoblanadi. Buni bajarmayotganlar esa “xalqaro huquqqa zid harakat qilmoqda”, dedi sud raisi Yudzi Ivasava.

Bunday talqinning asosi sifatida inson huquqlari, jumladan, sog‘liqni saqlash huquqi va munosib hayot darajasi huquqlari ko‘rsatildi. Xalqaro sud ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishining oqibatlari bu huquqlarni sezilarli darajada buzishi mumkin. Bu esa “huquqiy oqibatlar”ga olib kelishi mumkin, jumladan, zarar ko‘rgan davlatlarga kompensasiya to‘lash kabi majburiyatlar yuzaga keladi.

Bunday kompensasiyalarni allaqachon BMT Oliy sudida kichik orol davlatlari va rivojlanayotgan mamlakatlar talab qilgan. Ular, ayniqsa, ko‘p miqdorda issiqxona gazlari chiqarayotgan rivojlangan davlatlardan tovon undirishni so‘ramoqda. Ularga ko‘ra, bu davlatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini yetarli darajada bajarmayapti.

Shuningdek, Xalqaro sud ta’kidlashicha, kompensasiyalar bo‘yicha yakuniy qaror har bir holat alohida ko‘rib chiqilgandan keyingina chiqarilishi mumkin. Bunday jarayonlar juda murakkab bo‘lishi kutilmoqda. Lekin Gaaga sudining bu qarori, garchi u majburiy huquqiy kuchga ega bo‘lmasa-da, kelajakdagi sud ishlariga, jumladan, davlatlar va tashkilotlar o‘rtasidagi da’volarga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 15:33 25.07.2025. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!