Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

iPhone19 chiqarilmaydi

 iPhone19 chiqarilmaydi

Koreyaning ETNews nashri xabariga ko‘ra, Apple kompaniyasi 2027 yilda iPhone 19 seriyasini taqdim etmaydi. Bu haqda nashr Omdia kompaniyasi tahlilchisi Xo Mu-Yolning bayonotiga tayanib ma’lum qilgan.

​Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, Apple 2027 yilda iPhone’ning 20 yilligini nishonlash munosabati bilan iPhone 19 seriyasini o‘tkazib yuboradi va o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iPhone 20 yangi avlod smartfonlarini taqdim etadi.

​Bu kompaniya uchun ilk holat emas. 2017 yilda Apple birinchi iPhone’ning 10 yilligini nishonlaganida ham iPhone 9’ni chiqarmay, o‘rniga iPhone 8 va iPhone X modellari bilan bozorga chiqqan edi.

​Mutaxassislar fikricha, bu qaror brend tarixidagi ramziy uzviylikni ta’kidlash va yangi texnologik bosqichni estetik jihatdan ifodalash maqsadida qabul qilingan.

Kiritildi: 23:45 26.10.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!