Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Iordaniyada masjid va maktablar 2 haftaga yopiladi

A A A
Iordaniyada masjid va maktablar 2 haftaga yopiladi

Iordaniyada koronavirusga qarshi kurash doirasida masjidlar va maktablarni yana yopishga qaror qilindi, deya xabar bermoqda “Anadolu”. 

Hukumat matbuot kotibi Amjad al-Adayilaning aytishicha, payshanba kunidan e’tiboran davlatga qarashli va xususiy maktablar ikki haftaga yopiladi, xususan, BMTning Falastinlik qochqinlarga ko‘mak agentligiga tegishli o‘quv muassasalari ham. O‘qish hozircha masofaviy tarzda davom ettiriladi. 

Bundan tashqari, barcha bozorlar va tamaddixonalar ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi.    

Vaqflar vaziri Muhammad al-Xalayila mamlakatdagi masjidlarning bari yopilishini ma’lum qildi. Ikki yarim oy davomida yopiq bo‘lgan masjidlar iyun oyining ilk haftasida ochilgan edi.  

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Iordaniyada koronavirusga chalinganlar soni 3528 nafarga, bu  infeksiyadan vafot etganlar soni esa 26 nafarga yetgan.  

Kiritildi: 08:42 16.09.2020. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!