Iordaniya Qirollik Havo Kuchlari Suriya-Iordaniya chegarasi yaqinidagi qurol-yarog‘ va giyohvand moddalar omborlariga zarba berdi.
Petra axborot agentligi bu haqda Iordaniya armiyasiga tayanib xabar berdi.
“Biz qirollikning shimoliy chegarasidagi noqonuniy qurol-yarog‘ va giyohvand moddalar savdosi joylariga zarba berdik. Operasiya savdogarlar Iordaniyaga qurol va giyohvand moddalar olib o‘tadigan ishlab chiqarish ob’ektlari, ustaxonalar va omborlarga qaratilgan edi”, deyiladi bayonotda.
Operasiyaning maqsadi giyohvand moddalar va qurollarning Iordaniyaga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik edi.
Hujum natijasida qurbonlar haqida xabarlar bo‘lmadi.