Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Iordaniya qiroli nega Isroilga yordam berdi?

Iordaniya qiroli nega Isroilga yordam berdi?

Iordaniya qiroli Abdulloh Ikkinchi Isroilga Eron raketalarini yo‘q qilishda yordam berganiga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Islam News.

Iordaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z mamlakati urush teatriga aylanishini istamaydi va Eron raketalarini yo‘q qilishda Iordaniya o‘z xavfsizligini ta’minlash majburiyatini olgan. Bu Isroilga yordam berish istagi bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan suveren davlatning qarori bo‘lgan.

Bundan sal oldin Berlinda nemis hamkasbi bilan uchrashuvda Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi xalqaro e’tiborni G‘azo sektoridan chalg‘itmaslikka, uni Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga o‘tkazmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Eron Damashqdagi Eron konsulligining Isroil tomonidan bombardimon qilinishi va 13 nafar eronlik harbiylar halok bo‘lgan hujumga javoban Isroil harbiy ob’ektlariga zarbalar berdi. 300 dan ortiq uchuvchisiz uchoq, qanotli va ballistik raketalarning aksariyati Isroil hududiga yetib bormasidan urib tushirilgan.

Urib tushirilgan Eron raketa va dronlarning bir qismi Iordaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Iordaniya malikasi, Qirollik harbiy-havo kuchlari uchuvchisi Salma Eron hujumi kuni oltita uchuvchisiz uchoqni urib tushirganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 12:30 20.04.2024. O'qildi: 4070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!