Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Interpol xalqaro qidiruvdagi uch shaxsni BAAdan O‘zbekistonga topshirdi

Interpol xalqaro qidiruvdagi uch shaxsni BAAdan O‘zbekistonga topshirdi

Jinoyatlarda ayblangan fuqarolar iqtisodiy va mulkiy jinoyatlar bo‘yicha qidiruvda edi.

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tomonidan turli toifadagi og‘ir jinoyatlarda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan shaxslarni ushlab turish va ularni mamlakatga qaytarish bo‘yicha navbatdagi amaliy tadbirlar amalga oshirildi.

Interpol kanallari orqali Birlashgan Arab Amirliklarida aniqlangan va qidiruvda bo‘lgan uch nafar fuqaro Toshkentga etkazildi. Ushbu jarayon Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi samarali hamkorlik, muntazam axborot almashinuvi va muvofiqlashtirilgan harakatlar natijasida amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat markaziy byurolari o‘rtasida olib borilgan uchrashuvlar va muzokaralar transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatchilarni izlash va ekstradisiya jarayonlarini jadallashtirishga sezilarli turtki bergan. Amaldagi xalqaro shartnomalar asosida ekstradisiya ishlari so‘nggi davrda ancha faollashgan.

Olib kelingan shaxslar O‘zbekiston hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy yo‘nalishdagi jinoyatlarda ayblanib, huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan edi. Ular qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan.

Kiritildi: 14:04 26.11.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!