Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlar yanada yaxshilanadi

A A A
Internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlar yanada yaxshilanadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-912-son, 23.02.2024 y.) bilan ayrim qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi hamda “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqaga taalluqli lisenziyalanadigan faoliyatning mavjud kichik turlari respublika hududida yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish kabi faoliyat turi bilan to‘ldirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 09:32 26.02.2024. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!