Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Internatura shifokori Qazaq Air samolyotidagi yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi

Internatura shifokori Qazaq Air samolyotidagi yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi

Ostonalik intern shifokor Qazaq Air samolyoti bortida reanimasiya o‘tkazdi va yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi.

Bu haqda Qozog‘iston OAVlari xabar bermoqda.

"Qizilo‘rda-Ostona reysi yo‘lovchilardan biri uchun deyarli fojiali bo‘lib qoldi — havoga ko‘tarilganidan so‘ng u o‘zini yomon his qildi, hushini yo‘qotdi, yuragi to‘xtab qoldi. Uning yonida stajyor Dinmuhammed Bekturgan bo‘lgan", — deyiladi aviakompaniya xabarida.

U birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi, yurak-o‘pka reanimasiyasini o‘tkazdi va samolyot qo‘nguncha yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi.

Aviakompaniyaning ta’kidlashicha, yo‘lovchi parvoz oxirigacha hushida qolgan, biroq tushish vaqtida o‘zini yana yomon his qila boshlagan. Ostonaga yetib kelgach, uni tibbiy muassasaga olib ketishdi.

Kiritildi: 15:53 14.01.2025. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!