Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Insult kasalligini tezkor aniqlash yo‘li topildi

Insult kasalligini tezkor aniqlash yo‘li topildi

Insult — miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan kechadigan xavfli kasallik. U o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi bo‘yicha dunyoda yurak-qon tomir va onkologik xastaliklardan keyingi o‘rinda turadi.

Bu patologiyaning ikki turi mavjud — ishemik va gemorragik. Ishemik insult miyadagi qon tomiriga tromblar tiqilib qolishi, gemorragik turi esa miyaga qon quyilishi bilan farqlanadi.

Tibbiy amaliyotda kasallikni tashxislashda asosan kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya (MRT) texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa ma’lum vaqtni talab etadi.

Buyuk Britaniya olimlari tomonidan qondagi GFAP oqsili konsentrasiyasi yordamida insult kasalligi turini tezkor aniqlovchi tibbiy tahlil usuli yaratildi. Ushbu tadqiqot natijalari Amerika yurak kasalliklari assosiasiyasi saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu yangi diagnostika usuli bemorni shifoxonaga olib borgunga qadar insult kelib chiqishiga qon quyilishi yoki qon ivishi sabab bo‘lganini zudlik bilan aniqlash imkonini beradi.

Tadqiqot davomida miyaga qon quyilishi qayd etilgan bemorlarda GFAP darajasi qon ivishi tufayli kelib chiqqan insultni boshdan kechirganlarga nisbatan qariyb yetti baravar yuqori bo‘lishi o‘rganildi.

E’tiborli jihati, yangi tashxis usulini bemor gospitalizasiya qilinishidan avval qo‘llash mumkin. Tahlil javoblari bir necha daqiqada tayyor bo‘ladi.

Bu esa tegishli muolajalarni tezkor ravishda boshlash va bemor hayotini saqlab qolish hamda kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini beradi.

Kiritildi: 16:04 07.02.2025. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!