Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Institut diplomini olib berish hamda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

A A A
Institut diplomini olib berish hamda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar T.N. va D.N. boshqa bir fuqaro H.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.R. va Z.R. 2 nafar fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro turizm va madaniy meros texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:11 20.09.2022. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!