Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Instagram” orqali diniy mazmundagi materiallarni tarqatgan fuqaro qo‘lga olindi

A A A
“Instagram” orqali diniy mazmundagi materiallarni tarqatgan fuqaro qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari fuqaro A.A.ga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallar bilan tanishish asnosida uning qonunga zid harakatlarini aniqladi.

Boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A.ning “Redmi 6A” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirildi. “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi uning “arslanbey9888” profili mavjud bo‘lib, unda fuqaro Rafiq Kamolovning “benomozlik, namoz mo‘min kishining hujjati, namoz o‘qimagan odamning hujjati yo‘qligi...” mavzusidagi videoma’ruzasi va juda ko‘plab diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib tarqatgani aniqlandi.

Tarqatilgan materiallar tekshirib ko‘rish uchun DVD+R diskka ko‘chirib olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuborilgan.

Qo‘mitaning ekspertlik xulosasida A.A.ning “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan videomateriallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish taqiqlanishi ma’lum qilindi.

A.A.ning harakatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari mavjudligini inobatga olib hamda Jinoyat-prosessual kodeksining tegishli moddalari talablarini qo‘llab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-kismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 10:37 13.02.2022. O'qildi: 3273 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!