Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Insonlarni jin chalishi mumkinmi?

Insonlarni jin chalishi mumkinmi?

— Bolalikda bir tengdoshim og‘zi qiyshayib, o‘zi bemordek bo‘lib qolganini ko‘rgandim. Shunda kattalar: “Uni jin chalibdi”, deyishgandi. Domlalarga olib borishib o‘qitishgandan so‘ng, ahvoli yaxshilanib ketgandi. Haqiqatan ham jin chalish, degan tushuncha dinimizda bormi?

Islomda jin chalish bor. Lekin bunga juda ham urg‘u berib, haddan ortiq e’tibor berib yubormaslik kerak. Taqvoli va parhezkor olim inson Qur’on oyatlaridan ixlos ila o‘qib dam solsa ketadi.

“Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo‘lgan kishidek turarlar” (Baqara surasi, 275-oyat).

Ushbu oyati karimada jin chalishi haqida so‘z yuritilib, qanday holatda bo‘lishi bayon qilingan. Ya’ni ularning o‘zlarini tutishlari sog‘-salomat, aqlli kishilar kabi bo‘lmaydi. Odatda jin urib, aqldan ozgan kishilar tartibsiz va noto‘g‘ri harakat qiladilar. Dovdirab, o‘zini har tarafga urib, uyat ishlarni ham qilaveradilar. Sudxo‘rlarda ham ana o‘sha holat bo‘lar ekan (“Tafsir Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Kiritildi: 12:25 18.10.2020. O'qildi: 5795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!