Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Insoniyatni 100 foiz yo‘q qilish ancha qiyin. Ammo SI kuchli qurol

Insoniyatni 100 foiz yo‘q qilish ancha qiyin. Ammo SI kuchli qurol

Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellekt kelajakda milliardlab insonlarning hayotiga xavf solishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt shunday kuchga egaki, undan yomon niyatli insonlar foydalansa, milliardlab odamlarning halok bo‘lishiga olib keladigan voqealar yuzaga kelishi mumkin.

«Insoniyatni 100 foiz yo‘q qilishga erishish ancha qiyin. Ammo yomon niyatli insonlar va sun’iy intellektning eng yangi vositalari birlashuvidek kuchli qurol hali hech qachon bo‘lmagan», — dedi Geyts NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Uning fikricha, sun’iy intellekt sohasida faqat o‘zini o‘zi tartibga solish yetarli emas. Geyts AQSh hukumati texnologiyalarni rivojlantirish ustidan nazorat va himoya mexanizmlarini belgilaydigan qonunlarni qabul qilishi zarurligini ta’kidladi.

«Qonunchilik soha uchun ma’lum qo‘shimcha yuk yuklaydi, ammo ularning faoliyatini sezilarli darajada sekinlashtirmaydi», — dedi u.

Avvalroq sun’iy intellekt modellari real kompaniyalarga hujumlarda qo‘llangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng yirik II kompaniyalari rahbarlari texnologiyalarni rivojlantirish sur’atini sekinlashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

Jumladan, Anthropic rahbari Dario Amodei sun’iy intellekt ustidan nazoratni yo‘qotish, shuningdek, texnologiyadan kiberhujumlar va bioterrorizmda foydalanish xavfidan ogohlantirgan.

Kiritildi: 06:37 26.09.2026. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!