Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Inson huquqlari tashkiloti: “Hindiston — musulmonlar uchun xavfli mamlakat”

Inson huquqlari tashkiloti: “Hindiston — musulmonlar uchun xavfli mamlakat”

Hindistonda fuqarolik jamiyati va muxolifatga bosim fonida mazkur mamlakat musulmonlar uchun tobora xavfli joyga aylanmoqda. “Janubiy Osiyo jamoasi” inson huquqlari tashkiloti hisobotida ana shunday deyilgan. 

“Anadolu” agentligining xabar berishicha, mazkur tashkilot “Janubiy Osiyoda ozchiliklarning holati” nomli   yillik hisobotini e’lon qildi. Mualliflarning ta’kidlashicha, bosh vazir Narendra Modi rahbarligidagi Hindiston xalq partiyasining millatchilik yo‘lini tanlashi mamlakat musulmonlariga bosimning oshishiga olib kelgan. 

Hisobotda o‘tgan yili Hindiston markaziy hukumati tomonidan tayyorlangan fuqarolik milliy reestri tufayli millionlab musulmon fuqaroliksiz qolishi mumkinliga e’tibor qaratilgan.  Vaholanki, fuqarolik haqidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirish Afg‘oniston, Pokiston va Bangladeshdan kelgan va musulmon bo‘lmagan muhojirlarga fuqarolik olish imkoniyatini beradi. 

Shuningdek, “Janubiy Osiyo jamoasi” hisobotida hindistonlik huquq himoyachilari hukumatning va u qo‘llaydigan mafkuraviy guruhlarning muntazam tahdidi ostida ekanligi aytilgan.

Kiritildi: 19:43 17.12.2020. O'qildi: 2799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!