Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Innovasiyalar vazirligi Investisiyalar va eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimga o‘tkazildi

A A A
Innovasiyalar vazirligi Investisiyalar va eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimga o‘tkazildi

Hukumatning ayrim tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasi takomillashtirildi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, Bosh vazirning maslahatchisi- Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi. Uning o‘rniga departament boshlig‘i “qo‘mita raisi” lavozimiga o‘zgartirildi.
Innovasion rivojlanish vazirligi esa Sardor Umrzoqov rahbarlik qilayotgan, Investisiyalar tizimga o‘tkazildi.
Hukumatning quyidagi tarkibiy bo‘linmlari tuzilmasiga ham o‘zgartirishlar kiritildi:


Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi


Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati


Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati


IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti
Qarorda makraiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari hamda investisiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatlariga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ro‘yxati keltirilgan.
Yangi tashkil etilgan bo‘linmalar yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshiruvchi malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi.

Kiritildi: 23:10 13.04.2022. O'qildi: 2852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!