Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-3 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
🖋 Shu munosabat bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Gruziya bilan 9 yillik savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorligiga bag‘ishlangan infografikani tayyorladi.
👁 2017–2025 yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 3 barobarga, ya’ni $89 mlndan $267,6 mlnga oshdi.
🔝 Eksport hajmi $77,2 mln.
🔝 Import hajmi $190,4 mln.
🔝 2025 yilda Gruziyadan jalb qilingan investisiyalar hajmi $40,1 mlndan oshdi, 2016–2025 yillarda esa investisiyalarning umumiy hajmi $46 mlndan ziyodni tashkil etdi.
🪧 O‘zbekistonda Gruziya investisiyalari ishtirokidagi 60 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan.