Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Infantino Tramp nega JCh o‘yinlariga kelmayotganini tushuntirdi

Infantino Tramp nega JCh o‘yinlariga kelmayotganini tushuntirdi

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Trampning hozirgacha JCH–2026 uchrashuvlariga stadiondan tashrif buyurmaganiga izoh berdi.

“Ha, biz muntazam aloqadamiz. Deyarli har kuni gaplashamiz. U turnirdan mamnun va undan katta zavq olyapti. Barcha o‘yinlarni televizor orqali kuzatmoqda”.

— Nega u hali stadionga kelmadi? Bunga xavfsizlik masalalari sababmi?

“Yo‘q, yo‘q. Menimcha, uning boshqa muhim ishlari ham bor. Qolaversa, agar u stadionga kelsa, odamlar: “Dunyoda shuncha voqealar bo‘layotgan bir paytda u stadionda nima qilyapti?” degan savolni bera boshlaydi.

Men Tramp va uning ma’muriyati bilan doimiy aloqadaman. Nazarimda, ular jahon chempionatini tashkil etish bo‘yicha juda yaxshi ish olib bormoqda, — dedi Infantino.

Kiritildi: 18:23 12.07.2026. O'qildi: 1071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!