Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Infantino Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashishiga munosabat bildirdi

Infantino Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashishiga munosabat bildirdi

FIFA prezidenti Janni Infantino Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashayotgan Krishtianu Ronalduga bag‘ishlab murojaat e’lon qildi.

U Instagram sahifasidagi postida Ronalduni buyuk futbolchi deb atadi va kamdan-kam o‘yinchilar butun dunyodagi muxlislar qalbiga portugaliyalik futbolchi kabi ta’sir ko‘rsata olganini ta’kidladi.

Infantinoning qayd etishicha, Ronaldu futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida o‘z nomini abadiy muhrlagan. U portugaliyalik hujumchi jahon chempionatining oltita turli musobaqasida gol urgan birinchi futbolchi bo‘lganini eslatdi.

Shuningdek, Ronaldu erkaklar milliy terma jamoalari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:07 06.11.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik